Abstrak
Mazkur maqolada Mengnor Ollomurod she’riyatida takrir san’atining badiiy-estetik xususiyatlari tahlil qilinadi. Shoir ijodida radifli, lafziy, anaforik hamda tovush va urg‘uga asoslangan takrirlarning qo‘llanishi misollar orqali yoritilib, ularning she’r ohangdorligi, emotsional ta’sirchanligi va g‘oyaviy mazmunni kuchaytirishdagi o‘rni ochib beriladi.
Tadqiqot davomida takrirlarning lirik qahramon ruhiyati va xalqona poetik tafakkurni ifodalashdagi ahamiyati ilmiy asosda izohlanadi.