BOLALAR ADABIYOTINING ANʼANAVIY VA ZAMONAVIY NAZARIY TALQINLARI ORASIDAGI TAFOVUTLAR
pdf (Узбекский)

Ключевые слова

bolalar adabiyoti, nazariy talqin, an’anaviy yondashuv, zamonaviy yondashuv, bolalar adabiyoti poetikasi, obraz, qahramon konsepsiyasi, tarbiyaviylik, estetik funksiya, janr, folklor, poetik transformatsiya, raqamli badiiy tafakkur.

Аннотация

Mazkur maqolada bolalar adabiyotining an’anaviy va zamonaviy nazariy talqinlari qiyosiy-tahliliy aspektda tadqiq etiladi. Bolalar adabiyotining o‘ziga xos tabiati, estetik-funksional xususiyatlari, mavzu va g‘oya tizimi, obrazlar olami hamda janriy-poetik imkoniyatlarining nazariy konsepsiyalarda aks etishi yoritiladi. An’anaviy yondashuvlarda bolalar adabiyotining tarbiyaviy-didaktik funksiyasi, yosh xususiyatlariga muvofiqligi va axloqiy-estetik mazmuniga ustuvor ahamiyat berilgani tahlil qilinadi. Zamonaviy nazariy talqinlarda esa bola shaxsining individual subyektivligi, yangi qahramon konsepsiyasi, ko‘pqatlamli badiiy tafakkur, intertekstuality, folklor va mifologik motivlarning qayta talqini, raqamli madaniyat hamda janrlararo sintez kabi omillarning bolalar adabiyoti poetikasiga ta’siri ochib beriladi.

Tadqiqot natijasida an’anaviy va zamonaviy nazariy qarashlarning uzviyligi hamda transformatsion xususiyatlari asoslab beriladi.

pdf (Узбекский)

Библиографические ссылки

Ражабов Д. 80 йиллар ўзбек болалар шеъриятида поэтик маҳоратнинг айрим масалалари. Филол.фан.номз. ...дисс. –Тошкент, 1995. –Б.6.

Barakayev R. Istiqlol davri oʻzbek bolalar sheʼriyatining baʼzi oʻziga xosliklari // Uluslararası Başarı Bilimler ve sanat dergisi. 2021, 2 (1). –B.28.

Қаҳрамонов Қ. Бир мунозара баҳонасида // Ўзбекистон адабиёти ва санъати. –Тошкент, 1990. №3.

Абдулла Қаҳҳор. Ёшлар билан суҳбат. – Тошкент: Ёш гвардия, 1968. –Б.55.

Inomjonova S. Oʻquvchilarning ijodiy va tanqidiy tafakkurini rivojlantirishda fantastik asarlardan foydalanish metodikasi (Bolalar adabiyoti misolida). Ped.fan.b.fals.dok...diss. –Toshkent, 2025. –163 b.

Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti va folklor. –Toshkent: Adabiyot jamg‘armasi, 2006. –B.3.

Safarov O., Jamilova B., Safarova N. Bolalar adabiyoti va folklor. – Toshkent: Turon zamin ziyo, 2015. –B.18.

Jomiy. Bahoriston. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2007. –B.66.