SHAXSLARARO MUNOSABATLARDA EMPATIYANING ROLI VA UNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
pdf (Узбекский)

Ключевые слова

Empatiya, shaxslararo munosabatlar, psixologik xususiyatlar, muloqot, ijtimoiy moslashuv, kognitiv komponent, emotsional component.

Аннотация

Mazkur ilmiy maqolada shaxslararo munosabatlarda empatiyaning roli hamda uning psixologik xususiyatlari ilmiy-nazariy va empirik jihatdan tahlil etiladi.

Shaxslararo munosabatlar insonning ijtimoiy moslashuvi, hissiy farovonligi va hayotdan qoniqish darajasini belgilovchi muhim omil sifatida ko‘rib chiqilib, ushbu munosabatlarda empatiyaning o‘rni alohida yoritilgan.  Empatiya insonning kognitiv, emotsional va xulq-atvor komponentlarini o‘zida mujassam etuvchi murakkab psixologik hodisa sifatida talqin qilinadi hamda uning shaxslararo o‘zaro ta‘sir jarayonidagi ahamiyati ochib beriladi.  Shuningdek, maqolada talabalar o‘rtasidagi empatiya darajasi va guruhdagi psixologik iqlimning o‘quv motivatsiyasiga ta‘siri, shuningdek, kitob o‘qishning empatiya rivojlanishidagi o‘rni bo‘yicha olib borilgan zamonaviy empirik tadqiqotlar tahlili keltirilgan hamda ularning qiyosiy natijalari umumlashtirilgan Shaxslararo munosabatlarga ta‘sir etuvchi individual psixologik xususiyatlar, jumladan, shaxsning idrok etish, baholash, stereotiplar va ijtimoiy ustanovkalari tizimi ham ilmiy asosda yoritilib, ularning o‘zaro munosabatlar shakllanishidagi o‘rni asoslab berilgan.

Shaxslararo munosabatlarning shakllanishi va rivojlanish mexanizmlari, shuningdek, ularni samarali tashkil etish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi psixologik omillar tahlil qilingan.

Empatiyaning shaxslararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish, ijtimoiy moslashuvni ta‘minlash hamda samarali muloqotni shakllantirishdagi muhim omil ekanligini keltirilgan.

Mazkur tadqiqot natijalari psixologiya, pedagogika va amaliy faoliyatda empatiyani rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlarni takomillashtirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

pdf (Узбекский)