Abstrak
Maqolada o‘zbek xalqining qahramonlik dostoni “Alpomish”ning mustaqillik yillari (1991–2026) folklorshunosligida o‘rganilishi tizimli ravishda tahlil qilinadi.
Tadqiqot mustaqillik davrida yaratilgan ilmiy ishlarni — monografiyalar, dissertatsiyalar va ilmiy maqolalarni qamrab oladi. Eposning epik tabiati, badiiy-uslubiy xususiyatlari, tarixiy-genetik ildizlari hamda doston versiyalari atrofidagi nazariy qarashlar qayta ko‘rib chiqilgan. T.Mirzayev, M.Saidov, B.Sarimsoqov, M.Jo‘rayev, Q.Yo‘ldoshev singari yetakchi olimlarning ilmiy merosi asosida dostonning talqinlari, epik timsollar tizimi, motivlar evolyutsiyasi va eposning turkiy xalqlar madaniyati bilan o‘zaro aloqalari yoritilgan. Shuningdek, o‘zbek va xorijiy tadqiqotchilarning yondashuvlari qiyosiy tahlil qilinib, “Alpomish” eposining xalq ruhini, milliy o‘zlikni va umuminsoniy qadriyatlarni aks ettiruvchi adabiy hodisa sifatidagi o‘rni ilmiy asosda dalillab berilgan. Tadqiqot natijalari mustaqillik davri folklorshunosligining metodologik asoslari, paradigmal o‘zgarishlari va istiqbolli vazifalarini belgilashga xizmat qiladi.