Abstrak
Mazkur maqolada zamonaviy jamoat binolari interyer dizaynida psixologik va funksional omillarning o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Interyer muhitining inson ruhiy holati, xulq-atvori va faoliyat samaradorligiga ta’siri ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, dizayn jarayonida ergonomika, ranglar psixologiyasi va fazoviy tashkil etishning ahamiyati ochib beriladi.