Abstrak
Mazkur maqolada ayolning pokligi, ma’naviyati, ruhiy barqarorligi va jamiyatdagi o‘rni psixologik hamda ijtimoiy jihatdan keng tahlil qilinadi. Ayolning oiladagi, farzand tarbiyasidagi va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni yoritilib, uning emotsional intellekti, ruhiy sog‘ligi va ichki dunyosining ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, zamonaviy davrda ayollar duch kelayotgan ruhiy bosim, stress, emotsional charchoq va o‘zini anglash muammolari haqida fikr yuritiladi.
Maqolada tarixdagi buyuk ayollar misolida poklik, sabr, ma’naviyat va ilmning inson hayotidagi o‘rni ko‘rsatib berilgan. Bundan tashqari, ayollarning ruhiy salomatligini mustahkamlash, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish hamda sog‘lom oilaviy munosabatlarni shakllantirish bo‘yicha psixologik tavsiyalar berilgan.