Abstrak
Mazkur maqolada reproduktiv salomatlik tushunchasi, ayollar salomatligini saqlashning zamonaviy usullari hamda profilaktik tibbiyotning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berilgan. Shuningdek, ayollar organizmida uchraydigan reproduktiv muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va oldini olish choralari tahlil qilingan. Maqolada sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish, muntazam tibbiy ko‘rik va zamonaviy diagnostika usullarining ayollar salomatligini mustahkamlashdagi o‘rni yoritilgan.