Abstrak
Ushbu maqolada zamonaviy arxitekturada milliy stilning o‘rni, uning me’moriy yechimlardagi ahamiyati hamda milliy qadriyatlarni saqlab qolishdagi roli yoritilgan.
Shuningdek, bugungi kunda qurilayotgan bino va inshootlarda milliy bezaklar, an’anaviy shakllar va tarixiy me’moriy elementlardan foydalanish masalalari tahlil qilingan. Zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashgan milliy arxitektura insonlarda estetik didni shakllantirish bilan birga, milliy madaniyatni rivojlantirishga ham xizmat qilishi bayon etilgan.