Abstrak
Mazkur maqolada IX–XII asrlarda O‘rta Osiyoda ilm-fan va madaniyatning rivojlanish jarayonlari tahlil qilinadi. Ushbu davr tarixda Sharq Uyg‘onish davri sifatida e’tirof etilib, ilmiy tafakkur, madaniy taraqqiyot, adabiyot, me’morchilik va san’atning yuksalishi bilan tavsiflanadi. Maqolada Somoniylar, Qoraxoniylar va Xorazmshohlar davlatlari davrida ilm-fan taraqqiyotiga yaratilgan shart-sharoitlar, mashhur allomalar faoliyati hamda ularning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi o‘rganiladi. Shuningdek, ilmiy markazlar, kutubxonalar va madrasalarning rivojlanishi hamda ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni tahlil qilinadi.
Tadqiqot natijalari O‘rta Osiyoning o‘rta asrlardagi ilmiy va madaniy taraqqiyot markazi sifatidagi mavqeini yoritishga xizmat qiladi.
References
Asqarov A. O‘zbekiston tarixi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019.
Ahmedov B. O‘zbekiston xalqlari tarixi manbalari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2001.
Muhammadjonov A. O‘zbekiston tarixi. – Toshkent: Sharq, 2018.
Beruniy A.R. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. – Toshkent: Fan, 1968.
Ibn Sino A.A. Tib qonunlari. – Toshkent: Fan, 1980.
Forobiy A.N. Fozil odamlar shahri. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2016.
Mahmud Koshg‘ariy. Devonu lug‘otit-turk. – Toshkent: Fan, 1960.
Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilig. – Toshkent: Fan, 1971.
Bartold V.V. Turkiston mo‘g‘ullar bosqini davrida. – Toshkent: Sharq, 1990.
Bosworth C.E. The Islamic Dynasties. – Edinburgh University Press, 2004.
Sarton G. Introduction to the History of Science. – New York, 1953.
Rtveladze E. O‘rta Osiyo sivilizatsiyasi tarixi. – Toshkent: Akademnashr, 2017.