TASHQI SAVDO BOJXONA STATISTIKASINI SHAKLLANTIRISH VA TAHLIL QILISHDA ZAMONAVIY STATISTIK USULLARNING QO‘LLANILISHI
pdf

Kalit so‘zlar

tashqi savdo, bojxona statistikasi, statistik tahlil, dinamik qatorlar, indeks usuli, regressiya tahlili, korrelyatsiya, prognozlash, raqamli iqtisodiyot, bojxona ma’lumotlari.

Abstrak

Mazkur maqolada tashqi savdo bojxona statistikasini shakllantirish va tahlil qilishda zamonaviy statistik usullarning qo‘llanilish imkoniyatlari o‘rganilgan. Tadqiqotda bojxona statistikasining davlat iqtisodiy siyosatini shakllantirish, tashqi savdo jarayonlarini monitoring qilish hamda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, bojxona statistikasi ma’lumotlarini tahlil qilishda dinamik qatorlar, indeks usuli, strukturaviy tahlil, korrelyatsion va regressiya tahlili kabi zamonaviy statistik usullarning afzalliklari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari mazkur usullar tashqi savdo ko‘rsatkichlarining rivojlanish tendensiyalarini aniqlash, prognozlash va boshqaruv qarorlarini ilmiy asoslashda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Maqolada bojxona statistikasi tizimini takomillashtirish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hamda statistik tahlilning analitik salohiyatini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

pdf

References

Abdullayev Y. Statistika nazariyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019.

G‘ulomov S.S., Yuldashev A.A. Bojxona ishi tarixi. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2018.

Gujarati D.N., Porter D.C. Basic Econometrics. 6th ed. – New York: McGraw-Hill Education, 2022.

Montgomery D.C., Peck E.A., Vining G.G. Introduction to Linear Regression Analysis. 6th ed. – Hoboken: John Wiley & Sons, 2021.

Nabiyev X., Xudoyberdiyev U. Statistika. – Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2020.

Shodmonov Sh.Sh., G‘ofurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi. – Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2020.

Wooldridge J.M. Introductory Econometrics: A Modern Approach. 8th ed. – Boston: Cengage Learning, 2024.