OʻZBEKISTON MILLIY TERMA JAMOASINING 2026-YIL FIFA JAHON CHEMPIONATIDAGI ISHTIROKI: OʻYIN STATISTIKASI VA TEXNIK-TAKTIK SAMARADORLIK TAHLILI
PDF

Kalit so‘zlar

FIFA Jahon chempionati, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi, futbol, statistik tahlil, texnik-taktik tayyorgarlik, oʻyin samaradorligi, toʻp nazorati, uzatmalar aniqligi, zarbalar, musobaqa faoliyati.

Abstrak

Mazkur maqolada Oʻzbekiston milliy terma jamoasining 2026-yil FIFA Jahon chempionatidagi ishtiroki statistik hamda texnik-taktik jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqot davomida jamoaning guruh bosqichida Portugaliya, Kolumbiya va Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoalariga qarshi oʻtkazgan uchrashuvlari zamonaviy futbol tahlili mezonlari asosida oʻrganildi. Oʻyinlarda darvozaga berilgan zarbalar, aniq zarbalar, toʻpni nazorat qilish, uzatmalar soni va aniqligi, burchak toʻplari, ofsaydlar hamda intizomiy koʻrsatkichlar taqqoslandi. Olingan natijalar Oʻzbekiston terma jamoasining xalqaro musobaqalardagi texnik-taktik tayyorgarlik darajasini baholash, mavjud kamchiliklarni aniqlash hamda istiqboldagi rivojlanish yoʻnalishlarini belgilash imkonini berdi. Tadqiqot natijalari milliy terma jamoa tayyorgarligini takomillashtirish, murabbiylik faoliyatini ilmiy asosda rejalashtirish hamda zamonaviy futbol metodikasini ishlab chiqishda amaliy ahamiyat kasb etadi.

PDF

References

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti. (2019). PF–5887-son Farmon. Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti. (2023). Futbol infratuzilmasini rivojlantirish va ommaviy futbolni qoʻllab-quvvatlashga oid qarorlar.

Nurimov, R. I. Futbol nazariyasi va uslubiyati boʻyicha ilmiy ishlari.

Talipdjanov, A. I. Futbolchilarning texnik tayyorgarligini takomillashtirish metodikasi.

Ismoilov, A. A. (2022). Futbolchilarning musobaqa faoliyatini tahlil qilishning zamonaviy usullari. Sport ilm-fani.

Karimov, B. B. (2021). Yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini takomillashtirish. Jismoniy tarbiya va sport.

Aliyev, Sh. R. (2020). Futbolda texnik-taktik tayyorgarlikning ilmiy asoslari. Toshkent.

Platonov, V. N. (2015). Periodization of Sports Training. Human Kinetics.

Bompa, T. O., & Buzzichelli, C. (2019). Periodization: Theory and Methodology of Training (6th ed.). Human Kinetics.