FISHER AXBOROTI ASOSIDA VARIATSION KVANT ALGORITMLAR INFORMATIV PARAMETRLARINI ANIQLASH
pdf

Kalit so‘zlar

kvant Fisher axboroti, variatsion kvant algoritmi, VQA, VQE, QFI, parametrik kvant sxemasi, variatsion ansatz, kvant axborot geometriyasi, optimal parametrlar, kvant optimallashtirish.

Abstrak

Ushbu maqolada variatsion kvant algoritmlarida optimal parametrlar sonini aniqlash masalasi tadqiq etiladi. Variatsion kvant algoritmlarining hisoblash samaradorligi parametrik kvant ansatzning ifodaviyligi va undagi parametrlar soniga bevosita bog‘liq. Parametrlar sonining ortishi kvant holatlar fazosini kengroq ifodalash imkonini bersa-da, optimallashtirish fazosining o‘lchami, kvant sxemasi chuqurligi va hisoblash xarajatlarining oshishiga olib keladi. Shu sababli masalani yetarli aniqlikda yechish imkonini beradigan minimal parametrlar sonini aniqlash muhim hisoblanadi. Mazkur tadqiqotda ushbu masalani hal qilish uchun Kvant Fisher axborotiga asoslangan parametr tanlash usuli taklif etiladi. Parametrik kvant holat uchun QFI matritsasi shakllantirilib, uning xos qiymatlari asosida umumiy kvant axborotining parametrik yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlanishi aniqlanadi. QFI axborotining kumulyativ ulushi va yangi parametr kiritilganda hosil bo‘ladigan marginal axborot o‘sishi asosida optimal parametrlar sonini aniqlash mezoni shakllantiriladi. Taklif etilgan yondashuv variatsion kvant algoritmlarida parametrlar sonini faqat empirik ravishda emas, balki kvant axborot-geometrik xususiyatlari asosida aniqlash imkonini beradi.

pdf

References

Peruzzo A., McClean J., Shadbolt P., Yung M.-H., Zhou X.-Q., Love P. J., Aspuru-Guzik A., O’Brien J. L. A variational eigenvalue solver on a photonic quantum processor. Nature Communications. 2014;5:4213. DOI: 10.1038/ncomms5213.

Cerezo M., Arrasmith A., Babbush R., Benjamin S. C., Endo S., Fujii K., McClean J. R., Mitarai K., Yuan X., Cincio L., Coles P. J. Variational quantum algorithms. Nature Reviews Physics. 2021;3:625–644. DOI: 10.1038/s42254-021-00348-9.

Braunstein S. L., Caves C. M. Statistical distance and the geometry of quantum states. Physical Review Letters. 1994;72(22):3439–3443. DOI: 10.1103/PhysRevLett.72.3439.

Stokes J., Izaac J., Killoran N., Carleo G. Quantum Natural Gradient. Quantum. 2020;4:269. DOI: 10.22331/q-2020-05-25-269.

McClean J. R., Boixo S., Smelyanskiy V. N., Babbush R., Neven H. Barren plateaus in quantum neural network training landscapes. Nature Communications. 2018;9:4812. DOI: 10.1038/s41467-018-07090-4.

Paris M. G. A. Quantum estimation for quantum technology. International Journal of Quantum Information. 2009;7(Supplement 1):125–137.

Benedetti M., Lloyd E., Sack S., Fiorentini M. Parameterized quantum circuits as machine learning models. Quantum Science and Technology. 2019;4(4):043001.

Schuld M., Sweke R., Meyer J. J. Effect of data encoding on the expressive power of variational quantum-machine-learning models. Physical Review A. 2021;103:032430.

Ostaszewski M., Grant E., Benedetti M. Structure optimization for parameterized quantum circuits. Quantum. 2021;5:391.

Nielsen M. A., Chuang I. L. Quantum Computation and Quantum Information. Cambridge: Cambridge University Press; 2010.