Abstrak
Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining muhim namunalaridan biri bo‘lgan Xayriddin Sultonning “Yaldo kechasi” romani tarixiy-badiiy va estetik jihatdan tadqiq etiladi. Asarda tarixiy voqelikning badiiy talqini, inson va jamiyat munosabati, milliy o‘zlik, tarixiy xotira, avlodlar davomiyligi hamda ozodlik g‘oyalarining ifodalanishiga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, roman nomida mujassam bo‘lgan ramziy ma’no, qahramonlarning ruhiy kechinmalari, obrazlar tizimi, asarning syujet qurilishi va til-uslub xususiyatlari tahlil qilinadi.
“Yaldo kechasi”ning Abdulla Qodiriy tarixiy romanlari bilan bog‘liq jihatlari hamda o‘zbek tarixiy nasri taraqqiyotidagi o‘rni yoritiladi. Asarning yosh avlodda tarixiy tafakkur va milliy o‘zlikni shakllantirish, badiiy didni rivojlantirish hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishdagi imkoniyatlari ochib beriladi.