Abstrak
Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasida sport huquqining mustaqil kompleks huquq sohasi sifatida shakllanish tendensiyalari, uning me'yoriy-huquqiy asoslari hamda amaliyotda kuzatilayotgan zamonaviy muammolar tahlil qilinadi. Xususan, sportchining huquqiy maqomidagi dualizm, professional sport shartnomalari va transfer tizimidagi bo'shliqlar, antidoping sohasidagi institutsional islohotlar, milliy sport arbitraji institutining mavjud emasligi, sport sohasidagi davlat boshqaruvi vakolatlarining mujmalligi hamda yosh sportchilar va nogironligi bo'lgan shaxslar sportini huquqiy himoya qilish masalalari ko'rib chiqiladi. Rossiya Federatsiyasi, Fransiya va xalqaro sport tashkilotlari (XOQ, FIFA, CAS) tajribasi qiyosiy tahlil qilinib, aniqlangan muammolarning yechimi yuzasidan muallif tomonidan bir qator ilmiy-amaliy takliflar ilgari surilgan.