Abstrak
Ushbu ilmiy maqolada XX asr oxiri va XXI asr boshi o‘zbek modernistik nasrining fundamental namunalaridan biri – Nazar Eshonqulning “Maymun yetaklagan odam” hikoyasi tahlil qilinadi. Asarda g‘arb ekzistensial falsafasi prinsiplari, shaxsning o‘zlikdan begonalashuvi, ma’naviy qullik hamda totalitar tuzumning inson tabiatini deformatsiyaga uchratishi kabi universal muammolar tadqiq etilgan. Hikoyaning syujet-kompozitsion qurilishi, “ikki surat” metaforasi hamda olomon psixologiyasi badiiy psixologizm aspektida ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan.